"Barselona" "Manchester Yunayted" vingeri Markus Reshfordni joriy mavsum oxirigacha ijaraga olishdan manfaatdor, ammo Kataloniya klubi uning maoshini to'liq qoplashga tayyor emas. Bu haqda «Sport.es» xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli futbolchining Angliya klubidagi maoshi 18 mln evroni tashkil etadi. Joriy mavsum oxirigacha Reshfordga taxminan 9 million evro to'lanishi kerak. Agar hujumchi ijaraga olinsa, "Barselona" unga 6 million evro to'lashga tayyor. Qolgan 3 mln evroni "Manchester Yunayted" qoplashi kutilmoqda.

Biroq, "blaugrana" o'z maoshi hisobidan 6 million evroga joy ajratishi kerak, "Barselona" buni himoyachilar Erik Garsiya va Andreas Kristensenni klubdan qo'yib yuborish orqali amalga oshirish mumkin deb hisoblaydi.