"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikdan so'nggi paytlarda tez-tez rotatsiya qilinayotgan darvozabon pozitsiyasi haqida so'rashdi.

— Keyingi o'yinda kim asosiy tarkibda o'ynaydi? Bu savolga javob topish uchun ertagani kutishingiz kerak bo'ladi", dedi Flik jurnalistlarga kechagi matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, "Barselona"ning so'nggi o'yinida murabbiy Chempionlar ligasida "Benfika"dan to'rtta gol o'tkazib yuborgan (5:4) Voytsex Shesniga tayangandi.