"Barselona" La Ligada ketma-ket 10 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmadi.

"Ko'k-anorranglilar" 21-turda "Valensiya"ni qabul qildi (7:1). Ugo Duro 59-daqiqada "Valensiya" safida hisobini qisqartirdi.

"Barselona"ning La Ligadagi so'nggi quruq o'yinini 26 oktyabr kuni "Real"ga qarshi (4:0) "el-lasiko"da o'tkazgan edi.

O'shandan beri kataloniyaliklar Ispaniya chempionatida 10 ta o'yin o'tkazib, ularning har birida kamida 1 ta gol o'tkazib yuborishgan.