"Barselona" Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turidan o'rin olgan "Inter"ga qarshi o'yin qaydnomasini e'lon qildi.

E'tiborlisi, Jerar Pike va Lionel Messi 20 nafar futbolchilar ro'yxatiga kiritilmadi.

Darvozabonlar: ter Shtegen, Netu, Penya.

Himoyachilar: Firpo, Langle, Vage, Todibo, Yumtiti, Arauxo, Morer.

Yarim himoyachilar: Rakitich, Alenya, de Yong, Puch, Vidal.

Hujumchilar: Grizmann, Peres, Suares, Dembele, Fati.

"Inter" - "Barselona" uchrashuvi 10 dekabr kuni bo'lib o'tadi.