"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik EChL 8-turidan o'rin olgan "Atalanta"ga qarshi o'yin oldidan bergamoliklar ustozi Jan-Pero Gasperini haqida fikr bildirdi.

"Men Gasperinini juda hurmat qilaman, u aql bovar qilmaydigan ishni uddalayapti, u 8 yildan beri shu ishni qilmoqda va klub murabbiyga ishonishini ko'rib turibsiz. Menga uning jamoasining o'yinlari yoqadi, bu Evropada yagona. Ular juda ko'p gol urishadi, biz juda ehtiyot bo'lishimiz kerak bo'ladi", - dedi nemis mutaxassisi.