Markus Reshfordning "Barselona"ga ijara asosida o'tishi dargumon.

Relevo nashri xabariga ko'ra, Kataloniya klubi qishki transfer oynasida angliyalik forvardning kelishi "deyarli imkonsiz" ekanligini tan oldi. Sababi - qaydnomada joy yo'qligi va moliyaviy cheklovlar.

Qayd etilishicha, Reshfordga "Aston Villa" qiziqmoqda. Biroq, "Manchester Yunayted" hali ulardan rasmiy taklif olmagan.

Reshford 12 dekabrdan beri maydonga tushmadi. U ketma-ket ettinchi o'yinda "Manchester Yunayted" tarkibidan chetda qolmoqda.