
Markus Reshford ijara asosida "Aston Villa"ga o'tishi mumkin.
Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, bosh murabbiy Unai Emeri kelishuvni ma'qullagan.
Qayd etilishicha, forvard bilan variant "qimmat va murakkab", ammo "Aston Villa" allaqachon Reshford vakillari bilan aloqada. Muzokaralar davom etmoqda.
Reshford 12 dekabrdan beri maydonga tushmadi. U ketma-ket ettinchi o'yinda "Manchester Yunayted" tarkibidan chetda qolmoqda.
Avvalroq Reshfordning "Barselona"ga o'tishi deyarli imkonsiz ekani xabar qilingandi.
Fikrlar 0