"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoning shartnomasini klublar qanchaga sotib olishi mumkinligi ma'lum bo'ldi.

Diario Sport xabariga ko'ra, Arauxoning "Barselona" bilan yangi shartnomasida tovon puli 65-70 million evroni tashkil etadi. Biroq bu “Barselona”ning Chempionlar ligasidagi to'g'ridan-to'g'ri raqiblariga taalluqli emas, deya xabar beradi manba.

Qayd etilishicha, Arauxoni kataloniyaliklar bilan muzokaralarsiz faqat Saudiya Arabistoni klublari, shuningdek, Angliya Premer-ligasining ayrim jamoalari sotib olishi mumkin.

Joriy mavsumda 25 yoshli urugvaylik futbolchi barcha turnirlarda ettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.