"Barselona" Jyul Kunde transferi tufayli sudga berildi.

Himoyachi 2022 yilda "Sevilya"dan Kataloniya klubiga o'tgandi. Bitimda vositachi sifatida Isaak Lopes ishtirok etdi.

Bugun agent transfer uchun o'ziga tegishli bo'lgan 3 mln evro miqdoridagi komissiyani to'lab berishni so'rab, sudga murojaat qilgan. Agentning ta'kidlashicha, komissiya shartnomada ko'rsatilgan, ammo u uni olmagan. Lopes sudga ko'rsatilgan xizmatning isbotini taqdim etdi.

Qayd etilishicha, agentga vositachilik qilish iltimosi bilan "Barselona" prezidenti Joan Laporta murojaat qilgan.