"Barselona" sport direktori Deku himoyachi Ronald Arauxoning kelajagi haqida gapirdi. Qishki transferlar vaqtida futbolchi jamoani tark etishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.

"Biz hech qachon Ronald Arauxoni sotishni istamaganmiz. U bu erda baxtli. Agar kelajakda biror sababga ko'ra o'zgarishlarga ehtiyoj tug'ilsa, u bizga bu haqda aytish imkoniyatiga ega. Ammo u buni xohlaydi deb o'ylamayman, aks holda u shartnomani uzaytirmagan bo'lardi," - dedi Deku «Sport» nashriga bergan intervyusida.

25 yoshli urugvaylikning shartnomasi 2031 yilning yozigacha amal qiladi.