"Rayo Valekano"ning "Barsa" darvozasiga urgan goli inobatga olinishi kerak edi.

Bunday fikrni sobiq hakam Alfonso Peres Burrul bildirdi.

La Liganing 24-turidan o'rin olgan o'yinning (1:0) 43-daqiqasida Pate Siss "ko'k-anorranglilar" jarima maydonchasi ichiga to'pni etkazib berdi. U erda Xorxe de Frutos to'pni qabul qilib olib, raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Hakam Mario Melero Lopes Sissning uzatmasi vaqtida Randi Nteka ofsaydda qolib, Inigo Martinesning himoyalanishiga xalaqit bergani uchun golni inobatga olmadi.

"Bu epizodga aralashish chegarasidagi vaziyat. Mening fikrimcha, Nteka Inigo Martinesni to'smayapti. "Barselona" himoyachisi "Rayo" o'yinchisiga to'sqinlik qila olmasdi," - dedi Burrul.