"Rayo Valekano"ga qarshi o'yin Lamin Yamal uchun yubiley o'yini bo'ldi.

"Barselona" vingeri La Liganing 24-turidan o'rin olgan o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Bu uning professional faoliyatidagi 100-o'yinidir.

Yamal "blaugrana" safida 83-marta o'ynadi. Shuningdek, u Ispaniya terma jamoasi safida 17 ta o'yin o'tkazgan. Bu vaqt ichida u 21 ta gol urdi va 28 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hozirda vinger 17 yosh 220 kunlik.