"Barselona" vingeri Lamin Yamal klub rahbariyatining transfer rejalariga qarshi chiqdi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "blaugrana" rahbariyati frantsiyalik himoyachi Jyul Kunde o'ynaydigan o'ng qanot pozitsiyasini kuchaytirmoqchi. Yamalning fikricha, "Barselona"ga bu o'ringa boshqa futbolchi kerak emas, chunki u Kunde bilan birga o'ynashni yaxshi ko'radi.

Joriy mavsumda Yamal "Barselona" safida barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.