Ispaniya La ligasida fevral oyi natijalariga ko'ra oyning eng yaxshi murabbiyi nomiga da'vogarlar e'lon qilindi.Sovrin uchun uch mutaxassis kurash olib bormoqda:  Pepe Bordalas («Xetafe») – 3 o'yin, 2 g'alaba, 1 durang, to'plar farqi 3:1;  Xans-Diter Flik («Barselona») – 3 o'yin, 3 g'alaba, to'plar farqi 6:1;  Karlos Korberan («Valensiya») – 3 o'yin, 2 g'alaba, 1 durang, to'plar farqi 5:2.  G'olib muxlislar ovoz berish natijalariga ko'ra aniqlanadi.