Joan Laporta Yaqin Sharqqa biznes safari bilan ketdi.

Relevo nashri tarqatgan xabarga ko'ra "Barselona" prezidenti va klubning bir necha direktorlari potentsial investorlar bilan muzokara o'tkazish uchun Dubayga yo'l olishgan. "Ko'k-anorranglilar" rahbarlari kelajakdagi operatsiyalarda foydalanishlari mumkin bo'lgan mablag'larni jalb qilmoqchi.

Hozirda "Barselona" "Kamp Nou" stadioni bilan bog'liq aktivlarni sotishga e'tibor qaratmoqda. VIP-joylarni sotish bo'yicha yangi bitimlar klubga darhol foyda keltirishi mumkin, shuning uchun bu muzokaralarning asosiy mavzusi bo'ladi.