
"Barselona" vingeri Ferran Torres klubini o'zgartirishi mumkin.
Fichajesning so'zlariga ko'ra, 24 yoshli ispaniyalikning xizmatlariga Londonning “Chelsi” klubi qiziqmoqda va kelasi yozda futbolchi uchun 30 million evro to'lashga tayyor.
Torres avvalroq Angliya Premer-ligasida "Manchester Siti"da o'ynagan, u erdan 2022 yilda "Barselona"ga o'tgan edi.
Torres joriy mavsumda barcha turnirlarda 26 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0