Kataloniyaning "Barselona" klubi yozgi transferlar vaqtida Ferran Torres bilan xayrlashishga tayyor, deya xabar berdi «Fichajes».

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 24 yoshli hujumchi uchun 30 million evrolik takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Ferranning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. U joriy mavsumda 26 ta o'yinda 10 ta gol urib, 3 ta assist berdi.