
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Kenan Yildiz Ispaniya chempionatiga o'tishi mumkin, deb xabar beradi El Nacional nashri.
19 yoshli forvard xizmatlariga Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda. "Keksa sinora" futbolchi uchun kamida 80 million evro taklif qilsa, u bilan xayrlashishi mumkin. Futbolchining Italiyaning top-klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda Kenan 37 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Yildizning bozor qiymati 45 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar 0