
El Nacional nashrining xabar berishicha, Pedri va Lamin Yamal "Barselona" tarkibiga yangi hujumchi jalb etilishini xohlamoqda. Manbaga ko'ra, kataloniyalik yosh etakchilar jamoa uchun harakatchanroq hujumchi kerak, deb hisoblashmoqda. Ular bunday futbolchi hujumda chuqurroq o'ynay olishi, kombinatsiyalarda faol ishtirok etishi va pressingda samarali harakat qilishi mumkinligini ta'kidlagan. Bu esa jamoaning hujumdagi o'yinini yanada kuchli va taxmin qilib bo'lmas darajada xavfli qiladi. Klub rahbariyati ikkita nomzodni ko'rib chiqmoqda: - Dushan Vlaxovich ("Yuventus"); - Aleksander Isak ("Nyukasl"). Agar "Barselona" yangi hujumchi sotib olsa, bu Robert Levandovskining jamoadagi kelajagiga jiddiy zarba bo'lishi mumkin.
Fikrlar 0