Taniqli jurnalist Gilem Balagening ma'lum qilishicha, Lionel Messi «Barselona»ga qaytishni rejalashtirmayapti.  «Inter Mayami» va Argentina terma jamoasi hujumchisi yangilangan «Spotify Kamp Nou» stadionida o'ynashni xohlasa-da, u Joan Laporta klubni boshqarayotgan bir paytda «Barsa»ga qaytmasligi aniq.  Balagening ta'kidlashicha, «Inter Mayami» Messini jamoada qolishga ishontira olgan.  Messi 2023 yil yozida «Inter Mayami»ga o'tgan;

Uning shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi;

Transfermarkt’ga ko'ra, uning bozor bahosi – €20 mln;

«Barselona»da 2004–2021 yillarda 778 o'yin o'tkazib, 672 gol urgan va 303 assist qilgan.