"Chelsi" markaziy yarim himoyachisi Entso Fernandes o'zini "Barcelona"ga taklif qildi. Bu xaqda «Sport» nashri xabar berdi.

Aytilishicha, yarim himoyachi "aristokratlar"da rivojlanishning etishmasligi va London klubining chempionlik yoki hatto Chempionlar ligasiga yo'llanma olish uchun kurashda muvaffaqiyatsizligi sababli umidsizlikka tushgan va faol ravishda chiqish yo'lini izlamoqda.

Entsoning amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha mo'ljallangan. «Transfermarkt» uni 75 million evroga baholamoqda.