"Manchester Siti"ning "Barselona" himoyachisi Jyul Kundeni qo'lga kiritish uchun imkoniyatlari juda past, deya xabar berdi El Nacional.

Manbaga ko'ra, "shaharliklar" o'zining omadsiz mavsumi tufayli "ko'k-anorranglilar"dan Jyul Kundeni sotib olishga har qanday urinishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

26 yoshli frantsuz kataloniyaliklar bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga ega. Transfermarkt uni 60 million evroga baholamoqda.