"Barselona"ning urugvaylik himoyachisi Ronald Arauxo jamoaning hozirgi holati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

2 mart kuni "ko'k-anorranglilar" o'z maydonida "Real Sosedad"ni 4:0 hisobida mag'lub etib, La Liganing yakka peshqadamiga aylanib oldi.

"Biz mart oyigacha eng yaxshi darajaga etishimiz kerakligini bilardik. Bu mavsumning hal qiluvchi qismi va jamoa hozir yaxshi formada" - dedi Arauxo Barca Universal bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" barcha turnirlarni hisobga olgan holda 15 uchrashuvdan beri mag'lub bo'lmayapti. 6 mart kuni Kataloniya jamoasi mehmonda "Benfika"ga qarshi maydonga tushadi. Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o'yini Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanishi rejalashtirilgan.