"Barselona" kecha "Real Sosedad"ni yirik 4:0 hisobida mag'lub etdi. Bahsda kataloniyaliklar markaziy himoyachisi Ronald Arauxo gol urib, golli uzatma berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, urugvaylik 25 yoshli himoyachi 2017 yil aprelida Xaver Maskerano "Osasuna"ga qarshi o'yindan keyin La Liga o'yinida gol urgan va golli uzatma bergan "Barselona"ning birinchi markaziy himoyachisi bo'ldi.