"Barselona" "Espanol" himoyachisi Omar El Hiloliga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar 21 yoshli futbolchini kuzatib borishmoqda, garchi u "Barselona"ning asosiy maqsadi bo'lmasa-da. Marokashlik himoyachining shartnomasida tovon puli 30 million evro bo'lishi aytilmoqda.

Joriy mavsumda El Hiloli Ispaniya chempionatida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Espanol" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.