[b]"Barselona" "Inter" forvardi Lautaro Martines uchun kurashdan chiqdi. "Ko'k-anorranglilar"ni "Inter" talab qilayotgan mablag' qanoatlantirmayapti. "Inter"ning 100 million evro miqdoridagi talabi tufayli " Barselona" Lautaroni xarid qilmaydigan bo'ldi va bu taklifga rad javobi berildi. Argentinalik futbolchi uchun "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchi joriy mavsum A Seriyada 15ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta assist qayd etgan.[/b]