Voytsex Shesni "Barselona" darvozabonlari o'rtasida Chempionlar ligasida rekord o'rnatdi.

Polshalik darvozabon musobaqaning 1/8 finalida "Benfika"ga qarshi o'yinda (1:0) 8 ta seyv amalga oshirdi.

Statistika yig'ila boshlangan 2003/04 yilgi mavsumdan beri "Barselona"ning hech bir darvozaboni Chempionlar Ligasi o'yinida o'z darvozasida gol olib chiqmay bunchalik ko'p seyv qilmagandi.