Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dorival Junior "Barselona" vingeri Rafinya Diasning joriy mavsumdagi o'yinlariga baho berdi.

28 yoshli futbolchi aql bovar qilmas samaradorlik ko'rsatmoqda: uning hisobida mavsum boshidan buyon "ko'k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 40 ta o'yinda 25 ta gol va 18 ta golli uzatma bor.

Braziliya terma jamoasi rahbarining fikricha, Kataloniya grandining hujum chizig'i etakchisi "Oltin to'p" uchun kurashadi: "Rafinya - bu yilgi "Oltin to'p" uchun da'vogarlardan biri," - deya Dorivalning so'zlarini keltiradi Managing Barca.