"Barselona"ning chap qanot himoyachisi Alexandro Balde faoliyati haqida fikr yuritdi.

21 yoshli lateral Kataloniya grandi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2022 yilda "ko'k-anorranglilar"ning asosiy jamoasiga qo'shilgan va avvalroq yoshlar akademiyasida tajriba orttirgan.

"Barselona"dan tashqarida qaerda o'ynashim mumkin? Men bu erda etti yoshimdan beri o'ynayman, shuning uchun boshqa klub xayolimga kelmaydi. "Barsa" - dunyodagi eng zo'ri," - deya yosh futbolchining so'zlarini keltiradi Barca Universal.