"Barselona"ning darvozabon Voytsex Shesnining kelajagi borasidagi rejalari ma'lum. Polshalikning klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi, biroq uning uzaytirilishi ehtimoli yuqori. Marca xabariga ko'ra, Kataloniya grandi darvozabonga 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan yangi mehnat shartnomasini taklif qiladi.

Voytsex Shesni "ko'k-anorranglilar" safida o'tgan yilning oktyabr oyidan buyon to'p tepib kelmoqda. 34 yoshli futbolchi Xans-Diter Flik jamoasi safida barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol o'tkazib yuborgan va sakkizta marta darvozani daxlsiz saqlab qolgan.