
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Frenki de Yongni sotishni istamayapti, deya xabar berdi «Relevo».
Avvalroq, "ko'k-anorranglilar" 27 yoshli niderlandiyalik futbolchiga "Arsenal" qiziqishi fonida 2029 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi. De Yongning o'zi ham Ispaniyadan ketmoqchi emas va yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishilishiga umid qilmoqda.
Fikrlar 0