
"Barselona" yozda o'ng qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolash variantlarini ko'rib chiqmoqda, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, klub allaqachon dastlabki aloqalarni boshlagan va kelasi mavsumda ko'p o'yin o'tkazilishi sababli bu pozitsiyaga yana bir futbolchini qo'shib olmoqchi.
"Barselona" Jyul Kundening o'yinidan mamnun ekani aytilmoqda.
U joriy mavsumda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0