"Barselona"ga 19 yoshli hujumchi Neyser Vilyarreal bilan shartnoma imzolash taklifi tushdi. Iste'dodli futbolchi vatani Kolumbiyaning "Milonarios" jamoasida o'ynaydi.

Xabarda aytilishicha, Vilyarrealning shartnomasi 2025 yilda yakuniga etadi. Futbolchi allaqachon "Milionarios"ning shartnomani uzaytirish urinishlarini rad etgan. Ta'kidlanishicha, forvard yozda 3 million evro evaziga yoki yil oxirida erkin agent sifatida sotib olinishi mumkin.

"Milionarios" futbolchi uchun "Vasko da Gama" bilan 4 million evro evaziga dastlabki kelishuvga erishdi, biroq futbolchining agentlari Evropadan tashqari klublar bilan muzokara qilishdan bosh tortdi.