
"Liverpul", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" "Barselona"ning 28 yoshli vingeri Rafinyani diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta braziliyalik futbolchining o'yiniga ashaddiy muxlislik qiladi. Shunga qaramay, "Manchester Yunayted" va "Liverpul" Rafinyani qo'lga kiritish uchun moliyaviy jihatdan ancha tayyor ekanligi ta'kidlanmoqda. Aynan shu klublar 28 yoshli vinger uchun "Barselona"ni foydali taklif qilishga qodir.
Rafinya joriy mavsumda barcha turnirlarda 40 ta o'yin o'tkazib, 25 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikrlar 0