Ayni paytda «Barselona» va «Benfika» klublari o'rtasida Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan javob uchrashuvi o'tkazilmoqda (3:1, birinchi taymdan so'ng).  Uchrashuvning 16-daqiqasida hakam Fransua Letekse ro'za tutgan futbolchilar – Lamin Yamal, Kerem Aktyurkoglu va Orkun Kekchyu suv ichishi uchun tanaffus qildi.  2025 yilda musulmonlar uchun muqaddas bo'lgan Ramazon oyi 1 martdan boshlanib, 30 martgacha davom etadi. Ro'za tutish davomida mo'minlar tong otishidan quyosh botgungacha ovqat va ichimliklardan tiyiladi. Kechqurungi taomlanish (iftor) odob-axloq qoidalariga muvofiq bo'lib, ortiqcha isrofgarchilik maqbul emas.