
Bugun «Barselona» Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida «Benfika»ga qarshi bahs olib bormoqda. Kataloniyaliklar vingeri Rafinya birinchi bo'limning o'zida dubl qayd etdi. Shu tariqa, u Chempionlar ligasi joriy mavsumidagi gollari sonini 11 taga etkazdi. «Barsa» tarixida hech bir braziliyalik futbolchi EChLning bir mavsumida bunchalik ko'p gol urmagan edi.Rafinya Rivaldo va Neymarning natijalarini ortda qoldirdi: - 10 – Rivaldo, mavsum-1999/2000- 10 – Neymar, mavsum-2014/15- 11 – Rafinya, mavsum-2024/25
Fikrlar 0