Voytsex Shesni maydonga tushgan o'yinlarda "Barselona" mag'lub bo'lmayapti.

34 yoshli polshalik darvozabon kataloniyaliklar safida 15 ta o'yinda maydonga tushdi. Unda "ko'k-anorranglilar" 13 bor g'alaba qozondi va 2 bor durang o'ynadi.

Kataloniyaliklar navbatdagi o'yinini La Ligada "Atletiko"ga qarshi mehmonda o'tkazadi.