"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Barselona"ning joriy mavsumdagi o'yinlarini maqtadi.

"Barcelona" bu mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda, ular bir necha oydan beri ajoyib o'ynashmoqda, "Benfika"ga qarshi nima qilganini ko'rdingiz", - dedi "shaharliklar" ustozi.

Kataloniyaliklar hozirda La Ligada peshqadam, EChL chorak finalida esa "Borussiya Dortmund" bilan to'qnash kelishadi.