"Barselona" mag'lubiyatsiz seriyasini 18 o'yinga etkazdi.

Xans-Diter Flik jamoasi La Liganing 28-turida "Atletiko"ni mag'lub etdi (4:2).

Oxirgi marta kataloniyaliklar aynan madridliklarga yutqazgandi - bu 2024 yilning 21 dekabrida sodir bo'lgandi. O'shandan beri - Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogi, shuningdek, Chempionlar Ligasida 15 ta g'alaba va 3 ta durang.

30 mart kuni "blaugrana" La Liga doirasida "Jirona"ni qabul qilsa, 2 aprel kuni kubok doirasida "Atletiko" mehmoni bo'ladi.