"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Atletiko Madrid"ga qarshi o'yinda (4:2) o'z goli jamoasini "kambek" qilishga undaganini aytdi.

"Atletiko"ning ikkinchi golidan bir-ikki daqiqa o'tib gol urdim - bu o'yinni butunlay o'zgartirdi. Biz qiyin damlarni o'tkazdik, biroq bitta gol urganimizdan so'ng bir-birimizga dalda berdik.

Bizda imkoniyat bor, kerakli gollarni urib, g'alaba qozonishimiz kerakligini his qildik", dedi 36 yoshli forvard.