Muhammad Saloh “Oltin to'p”ning eng yaxshi 5 favoritlari qatoridan chiqib ketdi.

"Liverpul" vingeri Goal'ning yangilangan ro'yxatida 6-o'ringa tushib ketdi. "Barselona" vingeri Rafinya sovrinni qo'lga kiritish uchun favorit hisoblanadi.

To'liq ro'yxat quyidagicha ko'rinadi:

1. Rafinya Dias («Barselona»);

2. Kilian Mbappe («Real»);

3. Lamin Yamal («Barselona»);

4. Xarri Keyn («Bavariya»);

5. Usman Dembele («PSJ»);

6. Moxamed Salax («Liverpul»);

7. Pedri («Barselona»);

8. Robert Levandovski («Barselona»);

9. Vinisius Junior («Real»);

10. Djud Bellingem («Real»);