[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-533632_original.jpg[/readimg] [b]Bu erda ham o'ziga xos natija ro'y berdi. Gap shundaki, tarixda ilk bora ECHL 1/8 final bosqichida faqat top-5 chempionat vakillari ishtirok etishadi. Quyida pley-off bosqichi masalasini ijobiy hal qilgan 16 jamoa nomi bilan tanishing. Angliya:"Tottenxem", "Manchester Siti", "Liverpul", "CHelsi". Ispaniya: " Real", " Barselona", "Atletiko", "Valensiya". Italiya: "Yuventus", "Napoli", "Atalanta". Germaniya:"Bavariya", "Borussiya" (Dortmund), "Leypcig". Franciya:PSJ, "Lion". 1/8 final bosqichiga qura 16 dekabr kuni o'tkaziladi. Qura jarayonida birinchi savatchadan" Barselona", "Bavariya", "Yuventus", "RB Leypcig", "Liverpul", "Manchester Siti", PSJ va "Valensiya"jamoalari o'rin olishsa,"Borussiya" (Dortmund), "CHelsi", "Lion", "Napoli", " Real", "Atletiko", "Tottenxem" va "Atalanta"klublari ikkinchi savatchaga joylashgan.[/b]