
"Barselona" vingeri Rafinyaga Angliya premer-ligasining top-klublari orasida talab katta.
Bu haqda Todofichajes portali jurnalistlari xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, "Liverpul" 28 yoshli braziliyalik yarim himoyachining transferini rasmiylashtirmoqchi.
Mersisaydliklar futbolchi uchun APLning yana bir giganti – “Manchester Yunayted” bilan kurashishga tayyor.
Rafinyaning transfer qiymati 80 million evroga baholanmoqda. Braziliyalik va "ko'k-anorranglilar" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
Fikrlar 0