"Barselona" yarim himoyachisi Kasado tizzasidan olgan jarohati tufayli 2 oyga yaqin maydonga tusha olmaydi.

"Ko'k-anorranglilar"ning xavbeki "Atletiko"ga (4:2) qarshi o'yinning 67-daqiqasida Antuan Grizmann bilan to'qnashib ketib, jarohat oldi va zaxiraga olindi.

21 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasining Millatlar Ligasi 1/4 finalida Niderlandiyaga qarshi o'yin qaydnomasidan chetlatildi. Uning o'rniga "Bayer"dan Aleish Garsiya chaqirildi.

"Asosiy tarkib futbolchisi Mark Kasado qo'shimcha tibbiy ko'rikdan o'tkazildi, u o'ng tizza bo'g'imining tashqi yon boylami qisman yirtilganini tasdiqladi.

Futbolchi konservativ davolanadi, taxminiy tiklanish muddati taxminan ikki oyni tashkil qiladi," - deyiladi Kataloniya klubi bayonotida.