
TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, "Lids"ning 28 yoshli futbolchisi Junior Firpoga "Betis" boshchiligidagi uchta Ispaniya jamoasi qiziqish bildirgan. Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi, ammo “tovuslar” rahbariyati va futbolchi o'rtasidagi muzokaralar davom etmayapti.
Firpo yozda jamoani erkin agent sifatida tark etishi kutilmoqda. U yaqinda agentini almashtirdi va uning yangi vakillari uning kelajagi ustida ishlamoqda.
Junior Firpo 2021 yilning yozida "Barselona"dan 15 million evro evaziga "Lids"ga o'tgan edi.
Junior Firpo joriy mavsumda “Lids” safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0