Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchi Ansu Fati bo'yicha rejalarini aniqlab oldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida.

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchini yozgi transferlar davrida sotib yubormoqchi. Fati jamoa murabbiylar shtabining rejalariga kirmaydi, shuning uchun uning klubda qolishidan ma'no yo'q.

Joriy mavsumda Ansu "Barselona"ning 8 ta uchrashuvida qatnashib, gol urmagan.