Ramazon oyida ro'za tutayotgan «Barselona»ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamal ayni paytda Ispaniya terma jamoasi safida yig'inda ishtirok etmoqda.Ispaniya terma jamoasi bu kabi vaziyatga ilk bor duch kelmoqda – avvalroq futbolchilarning o'yinlari Ramazon oyi bilan mos kelmagan.  Lamin Yamalga qadar terma jamoa safida boshqa musulmon futbolchilar – Ansu Fati, Adama Traore va Munir El-Haddadiy o'ynagan, biroq ularga Ramazon davomida maydonga tushishga to'g'ri kelmagan.Ispaniya 20 va 23 mart kunlari Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar Millatlar ligasi yarim finaliga yo'llanma uchun kurash olib boradi.