Lamin Yamal "Barselona"ning joriy mavsumdagi maqsadi trebl ekanligini aytdi.

- Agar dubl - La Liga va Ispaniya kubogi va Chempionlar ligasi o'rtasida tanlov qilish imkoniyati bo'lsa, qaysi birini tanlagan bo'lardingiz?

- Menimcha, Chempionlar ligasi hozirda "Barselona"ning har qanday futbolchisi uchun eng muhim sovrin, ammo bizning maqsadimiz trebl. Ammo tanlashga to'g'ri kelsa, Chempionlar ligasini tanlagan bo'lardim" - dedi "Barselona" vingeri.