«Manchester Yunayted» klubi so'nggi uch mavsumda o'yinlar orasida etarlicha dam olmasdan (72 soatdan kam) 42 ta o'yin o'tkazdi. Bu Evropaning top-4 ligasida eng yuqori natija hisoblanadi. «Real» ham etarlicha dam olmasdan o'ynagan jamoalardan biriga aylandi. Madrid klubi 2022/23 yilgi mavsumdan boshlab 41 ta o'yinni uch kunlik tanaffussiz o'tkazgan. Bu Evropaning top-4 ligasidagi ikkinchi ko'rsatkichdir.  Ushbu ko'rsatkich bo'yicha "Barselona" kuchli uchlikka kirdi — 40 ta o'yin.72 soatlik dam olishsiz eng ko'p o'yin o'tkazgan jamoalarning o'ntaligi:  1. «Manchester Yunayted» – 42 o'yin  2. «Real Madrid» – 41  3. «Barselona» – 40  4. «Fiorentina» – 39  5. «Vest Xem» – 36  6. «Betis» – 34  7. «Real Sosedad» – 33  8. «Ayntraxt» – 32  9-10. «Liverpul» – 31  9-10. «Bayer» – 31