"Barselona" hujumchisi Ferran Torres jamoaning joriy mavsumda barcha turnirlarda zafar quchishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Ko'k-anorranglilar" La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, Chempionlar Ligasi va Ispaniya Kubogida esa mos ravishda chorak final va yarim finalgacha etib borishgan.

"Biz treblni orzu qilish uchun etarlicha jasoratga egamiz. Biz uchala turnirda ham kurashni davom ettiramiz va ulardan birida imkoniyatni boy bermagunimizcha oxirigacha ishonamiz," - dedi Ferran Torres Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.